“Taxiatosh IES” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi bo‘yicha hisobot konferensiyasi
“Taxiatosh IES” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yuzasidan hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi raisi hamda “Taxiatosh IES” AJ rahbariyati ishtirok etib, yig‘ilishni olib bordilar.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi va 33 nafar delegat tomonidan ovoz berish yo‘li bilan ma’qullandi. Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan delegatlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Hisobotlar tinglanib, ular delegatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Bildirilgan takliflarni ijobiy o‘rganib chiqish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida kasaba uyushmasi qo‘mitasiga tegishli topshiriqlar berildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: