Silk Road Samarkand rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi sizlarni go‘zal bahor bayrami — 8-Mart bilan samimiy muborakbod etadi!

Silk Road Samarkand — bu o‘z ishini mehr va fidoyilik bilan bajaradigan insonlardan iborat katta jamoa. Jamoamizdagi iliq va samimiy muhitni aynan sizlar yaratib berasiz. Sizlarning energiyangiz, professional yondashuvingiz hamda mehmonlar va hamkasblarga bo‘lgan e’tiboringiz majmuamizni yanada mehmondo‘st va fayzli maskanga aylantiradi.

Biz jamoamizda shunday iste’dodli, kuchli va ilhom bag‘ishlovchi ayollar faoliyat yuritayotganidan chin dildan faxrlanamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ilhom, farovonlik va quvonch tilaymiz. Har bir kuningiz yangi yutuqlar, iliq lahzalar va tabassumlar bilan to‘lsin. Bahor sizlarga yorqin tuyg‘ular, gullar va eng ezgu orzularingiz ro‘yobini olib kelsin.

Hurmat va ehtirom bilan,
Silk Road Samarkand rahbariyati
va kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Print Friendly, PDF & Email