“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash va xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni kuchaytirish maqsadida turli sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Andijon hududiy filiali hamda “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi xotin-qizlari ishtirokida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyat, jamoaviylik va sport ruhida o‘tib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Print Friendly, PDF & Email