Geologiya fanlari universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash maqsadida QVZ klubi tashabbusi bilan “QVZ rektor kubogi” tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda talabalar o‘zlarining hazil-mutoyiba, sahna madaniyati va ijodiy chiqishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.

Tadbir davomida har bir jamoaning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng faol va ijodkor jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. Yakunda esa eng yuqori natijani qayd etgan jamoaga universitet rektorining kubogi topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email