“Hududgaztaʼminot” AJda 2023–2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi hamda 2026–2028-yillar uchun yangi hujjat loyihasini muhokama qilishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.

Unda Jamiyat rahbariyati, Birlashgan kasaba uyushmasi vakillari, hududiy filiallaridan saylangan delegatlar hamda Jamiyat mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir davomida jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchi va Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotlari taqdim etildi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qoʻmitasining sarhisobi eshitilib, jamoa shartnomasi Jamiyatda mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish, mehnat sharoitlarini baholash mezonlarini belgilash, ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash hamda hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Delegatlar ish beruvchi va kasaba uyushmasi oʻrtasidagi oʻtgan yilgi samarali hamkorlikni bir ovozdan qoniqarli deb baholadi.

Shundan soʻng, Jamiyatning 2026–2028-yillarga moʻljallangan hujjat loyihasi atroflicha koʻrib chiqilib, keng muhokamalardan keyin delegatlar tomonidan maʼqullandi.

Yangi jamoa shartnomasi Jamiyat xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokamalar jarayonida berilgan savol va takliflar atroflicha muhokama qilinib, delegatlarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email