Mehr-saxovat — insoniylik ziynati! 🌟
Atrofimizda yordamga muhtoj, ko‘ngli yarim yoki keksalik gashtini surayotgan nuroniylar bor. Ularga qo‘l uzatish, holidan…
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “Qurilish-montaj ishlari va ijtimoiy soha” filialida buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan yurtimizda keng nishonlanayotgan bayram tadbirlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur sana munosabati bilan jamiyatimizda ham Sohibqiron Amir Temurning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvi va harbiy san’atdagi ulkan yutuqlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida xodimlarga buyuk ajdodimizning ibratli hayoti va faoliyati, uning Vatanga sadoqat, adolat va kuchli davlat barpo etish yo‘lidagi xizmatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘ngida esa diltortar taronalar yangrab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: