“ANGREN IES” AJ ishchi-xodimlari uchun Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat
📍 “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori hamda aprel oyining “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi sharafiga “ANGREN IES” AJ ishchi-xodimlari uchun Samarqand shahriga
ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida xodimlar tarixiy obidalar bilan tanishib, ajdodlarimiz merosi va milliy qadriyatlarimiz haqida yanada boy tasavvurga ega bo‘ldilar.
🏛 Sayohat davomida quyidagi maskanlar ziyorat qilindi: — Hazrati Xizr majmuasi
— Imom Al-Buxoriy majmuasi
— Registon ansambli
— Bibixonim masjidi
— Go‘ri Amir maqbarasi
— Shohi Zinda majmuasi
— Siyob bozori
📚 Har bir maskanda tariximiz, Amir Temur davri va boy merosimiz haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.
🌿 Sayohat xodimlarda iliq taassurotlar qoldirib, Vatanga bo‘lgan mehr va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: