Farg‘ona issiqlik elektr markazida ayol ishchi-xodimlari o‘rtasida voleybol sport musobaqasi yuqori kayfiyat va do‘stona muhitda bo’lib o’tmoqda.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy faolligi, jamoaviy hamjihatligi hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etmoqdalar. Bellashuvlar sog‘lom raqobat ruhida, adolatli va belgilangan sport qoidalariga muvofiq tarzda o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqalar ishchi-xodimlar o‘rtasida jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Musobaqa jarayonlari davom etmoqda.

Print Friendly, PDF & Email