Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda korxona xodimlari, mutaxassislar hamda yoshlar ishtirok etib, buyuk sarkarda va davlat arbobining boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvi, adolat va tartib-intizom borasidagi qarashlari haqida atroflicha fikr almashildi.

Davra suhbati davomida Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, ilm-fan va bunyodkorlikka bergan yuksak e’tibori alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Sohibqironning “Kuch – adolatda” degan shiori bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi qayd etildi.

Tadbir qatnashchilari tomonidan buyuk ajdodimizning boy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash muhim vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur davra suhbati xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Print Friendly, PDF & Email