“Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” filiali direktori Dilmurod Rozubayev Yangiyo‘l shahridagi 1-son texnikumning bir guruh talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda bugungi kunda Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Yangi O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy shart-sharoitlar, sifatli taʼlim olish va kasb-hunar egallashga qaratilayotgan eʼtibor xususida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shuvchi malakali kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv davomida texnikum talabalariga qayta tiklanuvchi energiya manbai hisoblangan gidroenergetika tarmog‘ining ahamiyati, respublika va Toshkent viloyatidagi gidroenergetik salohiyat, GESlar faoliyati hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi o‘rni tushuntirib o‘tildi.

Print Friendly, PDF & Email