XAVFSIZ MEHNAT — BARQAROR RIVOJLANISH ASOSI
28-aprel — Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida keng qamrovli tashkiliy va amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarni tashkil etishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ishtirok etdi.
Ushbu sana doirasida “Xavfsiz mehnat” o‘quv markazi bilan hamkorlikda 72 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etilib, unda mehnatni muhofaza qilish vakillari, muhandislar va rahbar xodimlar qatnashdi. O‘quv jarayonida ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va oldini olish bo‘yicha zarur bilimlar berildi.
Shuningdek, Mehnat inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilib, baxtsiz hodisalar sabablari va ularning oldini olish choralari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirlar korxonada mehnat xavfsizligini mustahkamlash, xodimlar salomatligini muhofaza qilish hamda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: