“Talimarjon IES” AJda Kasaba uyushma tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Mazkur yig‘ilishda korxona xodimlari «IES» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi masʼullari, stansiya maʼmuriyati, delegatlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga muvofiq, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Nomzodlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ochiq va shaffof ovoz berish jarayoni tashkil etildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Davron Qurbonnazarov kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, Konferensiyada delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining hamda taftish komissiyasining yangi tarkibi saylandi.
Tadbir yakunida yangi saylangan rais zimmasiga yuklatilgan vazifalar va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: