“Muborak IEM” filialida ishchi-xodimlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida haftaning bir kuni “Kitobxonlik kuni” etib belgilandi.

Mazkur tashabbus doirasida xodimlar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblari yuzasidan fikr almashish, asarlarning mazmun-mohiyatini muhokama qilish hamda tavsiya etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, kitobxonlik tadbirlari orqali jamoada bilim va tafakkurni oshirish, ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email