Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni rivojlantirish maqsadida filial Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti kengashi tomonidan filial apparati xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirokchilar o‘z mahorat va zehniyatini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda ishtirok etdilar. Ushbu sport tadbiri xodimlar o‘rtasida jamoaviylik muhitini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.
“Hududgaz Sirdaryo” filialida bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish orqali xodimlarning faolligini oshirish va sog‘lom ish muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: