«HET» AJ Sirdaryo hududiy filialida Jamiyat kasaba uyushmasining 2025-yilga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining bajarilishi hamda 2026-yilgi jamoa shartnomasi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda filial rahbariyati, tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari hamda kasaba uyushmasi raisi Sh. Mirzabekov ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor rejalar yuzasidan atroflicha hisobot berildi. Shuningdek, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash borasidagi taklif va mulohazalar tinglandi.

Yig‘ilish yakunida kasaba uyushmasining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan hisobot umumiy yig‘ilish tomonidan ma’qullanib, amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholandi.

Print Friendly, PDF & Email