“Uch avlod” — mehnat, sadoqat va vorislik ramzi
Yurtimizda keng nishonlanayotgan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Muborak gazni qayta ishlash zavodida “Uch avlod” g‘oyasi asosida yaratilgan memorial stellaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorial majmua zavodning ko‘p yillik mehnat an’analari, sohada faoliyat yuritgan faxriylar, bugungi avlod va kelajak vorislari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifoda etadi. “Uch avlod” g‘oyasi orqali mehnatga sadoqat, kasbga hurmat va avlodlar davomiyligi kabi qadriyatlar ulug‘lanmoqda.
Tadbir doirasida mehnat faxriylari, soha xodimlari va yosh mutaxassislar ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan insonlarga ehtirom ko‘rsatildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: