Energetika vazirligida sport kuni doirasida musobaqalar tashkil etildi
⚽️🏓🏊♂️ “Central Asian University” hududidagi sport maydonlarida Energetika vazirligi xodimlari ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida futbol, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etdilar.
Mazkur tadbirlar Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi. Yig‘ilishda haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, vazirlik, idora va tashkilotlarda xodimlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb etish vazifasi qo‘yilgan edi.
Energetika vazirligida o‘tkazilgan sport musobaqalari xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: